avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
30.07.2026 08:01
#Adliya_xabari
#intellektual_mulk

emoji “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

📌 Xorazm vohasida yetishtiriladigan guruch o‘zining yuqori sifati, xushbo‘yligi va pishirish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning o‘ziga xosligi Amudaryo suvlari, unumdor tuproqlar, qulay iqlim sharoiti hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy yetishtirish tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.

⚖️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.

🔒 Natijada:
✅ mahsulotning kelib chiqishi va sifati himoya qilinadi;
✅ nomdan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi;
✅ iste’molchilar uchun mahsulotning haqiqiyligi kafolatlanadi.

📈 Mazkur qaror hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, milliy brendni rivojlantirish hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini hamda uning sifati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

website
facebook*
instagram*
linkedIn
youtube
twitter
2
👍 1
28 4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram