avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
15.07.2026 06:43
O‘zbekiston va BIMT biznes uchun intellektual mulk yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Assambleyalarining 68-seriyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov hamda BIMTning Biznes uchun intellektual mulk bo‘limi direktori Gay Pessax o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida:

O‘zbekistonda intellektual mulkni tijoratlashtirish va kichik hamda o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi;

2026-yil mart oyida Samarqand va Buxoro viloyatlarida BIMT, TÜRKPATENT hamda INTA hamkorligida amalga oshirilgan “100 yangi brend” loyihasining natijalari yuqori baholandi. Loyiha doirasida yuzlab tadbirkorlar xalqaro ekspertlardan amaliy maslahatlar oldi;

Gay Pessax O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, intellektual mulk obyektlarini iqtisodiy faollikka jalb etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy brendlarni rivojlantirish borasidagi ishlarni yuqori baholadi.

💡 Tomonlar O‘zbekistonda IP Management Clinic dasturini joriy etish, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish hamda IP Business Center loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

📈 Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish hamda biznes uchun zamonaviy qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
1 3 1.1K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram