avatar
Intellektual mulk yangiliklari
Переслано от ADLIYA YANGILIKLARI
18.05.2026 12:33
#Adliya_va_yoshlar
#ResearchSchool

Ilmiy faoliyatni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
Yoki tadqiqot qilishni xohlaysiz-u, ammo qayerdan boshlash kerakligini o‘ylayapsizmi?


⚖️ Adliya vazirligi Yoshlar kengashi aynan siz uchun “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminarini tashkil etadi!

Seminar davomida siz:
ilmiy izlanishni qanday boshlash;
mavzuni to‘g‘ri tanlash;
tadqiqotni tizimli tashkil etish;
ilmiy maqola va izlanishlarda uchraydigan xatolardan qochish;
ilmiy faoliyatni shaxsiy rivojlanish strategiyasiga aylantirish bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘lasiz.

👩‍🏫 Seminar spikeri — TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna.

📅 21-may
Soat: 10:00
Manzil: Adliya vazirligi binosi hamda "ZOOM" platformasi orqali

Ilmiy faoliyat — bu nafaqat maqola yozish, balki o‘z ustingizda ishlash, tahliliy fikrlash va professional rivojlanish sari muhim qadamdir!

Kelajagini ilm bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan barcha yosh xodimlarni kutamiz!


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
2
1 1 343
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram