avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
14.05.2026 11:25
Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese mualliflik huquqi buzilgani uchun sudda g‘alaba qozondi: O‘zDJTU 20 mln 600 ming so‘m tovon to‘laydi.

🔹Joriy yilning aprel oyida sharqshunos olim Mark Reese tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.

🔹Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi M. Chutpulatovdan da’vogar Mark Reese foydasiga BHMning 50 baravari ya'ni 20 millon 600 ming so'm miqdorida tovon undirilishi belgilandi.

🔹Eslatib o'tamiz, avvalroq tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida Adliya vazirligiga murojaat qilgan edi. Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazilib aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan o‘chirish majburiyati yuklatilgan.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
6
🔥 4
👍 2
👏 1
3 67 4.1K

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram