avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
01.05.2026 12:13
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln so‘m jarimaga tortildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, adliya organlari tomonidan “ТД ГраСС” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyasining “AZELIT” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “D.S.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “D.S.”MChJ tomonidan “AZELIT” tovar belgisiga fonetik va tasviriy jihatdan o‘xshash bo‘lgan “NEXX AZILET” belgili kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi hamda saqlovda 475 dona mavjudligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “D.S.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarida, ya’ni 41 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “AZELIT” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.

Shuningdek, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 24-apreldagi hal qiluv qarori bilan adliya organlari tomonidan “D.S.” MChJga nisbatan qo‘llanilgan 41 mln. so‘m jarima undirilishi belgilandi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
3
21 3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram