avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
27.04.2026 12:14
“Dudek” restorani mualliflik va turdosh huquqlarni buzgani uchun jarimaga tortildi

©️Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning “Eurasian Broadcasting Enterprise Limited” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “Setanta Sports” telekanallarining “DUDEK” umumiy ovqatlanish muassasasida ruxsatsiz ravishda ommaviy namoyish etilgani yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “DUDEK RESTOBAR” MChJ tomonidan mazkur kontentdan huquq egasi yoki vakolatli shaxs ruxsatisiz, tegishli shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177¹-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.


📢 Shu o‘rinda asarlar va turdosh huquq obyektlaridan umumiy ovqatlanish joylarida foydalanishda mualliflik va turdosh huquqlarga qat’iy rioya qilinishini so‘raymiz!

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
👍 2
🔥 2
2 17 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram