#Intellektual_mulk
Joriy yil 24-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuniga bag‘ishlangan
“Raqamlashtirish sharoitida intellektual mulk huquqining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
📍 Tadbir Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, Patent vakillari assotsiatsiyasi, mualliflar, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
🔎 Anjuman ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar intellektual mulkning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni tobora ortib borayotgani, ayniqsa raqamlashtirish sharoitida ushbu sohani rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.
💬 Tadbir davomida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi:
— elektron tijoratda tovar belgilarini himoya qilish mexanizmlari;
— patentlarni tijoratlashtirish va innovatsiyalarni iqtisodiyotga joriy etish;
— mualliflik va turdosh huquqlarni samarali himoya qilish;
— telekommunikatsiya tarmoqlarida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat;
— noqonuniy kontentga qarshi kurashish usullari;
— ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar.
🧠 Shuningdek, soha mutaxassislari o‘rtasida fikr almashish, tajriba bo‘lishish hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan muhokamalar tashkil etildi.
🏆 Anjuman doirasida intellektual mulk sohasida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh vakillar Adliya vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
🤝 Mazkur ilmiy-amaliy anjuman intellektual mulk sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
📌 Tadbir yakunida tizimni yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram | 📷
Instagram* | 🔵
Facebook* | 📱
YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram