avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
23.04.2026 16:24
🚨 KONTRAFAKT MAHSULOTLAR SAVDOSI BILAN SHUG‘ULLANGANLAR JAVOBGARLIKKA TORTILDI

📩 Adliya vazirligiga “SANO TECHNOLOGY” MChJ tomonidan MGU 09923-son “KPOT” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar Toshkent shahrida savdoga taklif etilayotgani haqida murojaat kelib tushdi.

🔍 Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida kontrafakt tozalovchi vositalarni savdoga taklif etgan 6 ta huquqbuzar subyektlar aniqlandi.

⚖️ Natijada mazkur subyektlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborildi;
— jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan har bir huquqbuzarga BHMning 15 baravari, ya’ni 6 180 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi hamda huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki
info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
👍 4
1
🔥 1
2 6 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram