avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
23.04.2026 11:21
#intellektual_mulk

🔴 “Darakchi.uz” brendi rasmiy himoya ostida

🔹O‘zbekiston axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Darakchi.uz” brendi Adliya vazirligi tomonidan tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔹Ma’lumki, brend — bu nashrning nufuzi va o‘quvchilar ishonchining muhim omili hisoblanadi. Ayniqsa, yillar davomida shakllangan brend nomini huquqiy himoya qilish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

🔹Brendning ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning nomidan foydalanib ochilgan soxta resurslarga qarshi kurashish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

🔹Shuningdek, tovar belgilariga bo‘lgan egalik huquqi ariza topshirilgan sana bilan belgilanadi. Shu bois, o‘z brendingizni himoya qilishni kechiktirmaslik muhim.

🔹Qonunchilikka ko‘ra, tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi hamda uning amal qilish muddati cheklanmagan tarzda (har safar 10 yilga) uzaytirilishi mumkin.

❗️Unutmang: tovar belgisi birinchi bo‘lib ariza topshirgan shaxs yoki tashkilot nomiga rasmiylashtiriladi. Mehnatingiz mahsulini boshqalar o‘zlashtirib olishiga yo‘l qo‘ymang!

🌐 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
🔥 3
👍 2
👏 1
2 8 879
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram