🚨
YIRIK BRENDLAR G‘ALABA QOZONDI: O‘ZBEKISTONDA KONTRAFAKT SAVDOSI BO‘YICHA MUHIM SUD ISHI YAKUNLANDI
2026-yil 1-aprel kuni Surxondaryo viloyati iqtisodiy sudida
“Hugo Boss AG” (Germaniya), “Puma SE” (Germaniya) hamda “Tommy Hilfiger Licensing B.V” (Niderlandiya) kompaniyalari vakili tomonidan kiritilgan da’vo arizasiga asosan xalqaro brendlar —
HUGO BOSS, PUMA va TOMMY HILFIGER tovar belgilarini himoya qilish bo‘yicha muhim ish ko‘rib chiqildi.
Sudda aniqlanishicha, javobgar brend egalari bilan hech qanday
litsenziya shartnomasi tuzmasdan tovar belgilaridan noqonuniy ravishda foydalangan,
kontrafakt mahsulotlarni savdoga chiqargan va faol reklama qilganligi tasdiqlandi.
⚖️ Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga tovar belgilaridan noqonuniy foydalanishni
to‘xtatish, kontrafakt mahsulotlarni
muomaladan chiqarish va yo‘q qilish, shuningdek noqonuniy qo‘llangan belgilarni mahsulot va qadoqlardan
olib tashlash majburiyati yuklatildi.
💰Shuningdek, huquqbuzardan kompaniyalarlar foydasiga jami
61 800 000 so‘m kompensatsiya hamda
davlat boji, pochta va sud xarajatlari bilan birga
111 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishi belgilandi.
⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram