❌
Ruxsatsiz kontent — jarimaga sabab bo‘ldi
Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan ijtimoiy tarmoqlarda muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
✅ Muallif D. Inoyatovaga tegishli
“Superdidaktika_uz” telegram kanaliga joylashtirilgan “Bilimdonlar sinfxonasi”, “Darsdagi eng faol o‘quvchi”, “Alisher Navoiyga tegishli to‘rtliklarni topish o‘yini”, “Kichkina e’tibor bilan o‘quvchilarni xursand qiling”, “Interaktiv Mendeleyev jadvali” kabi yigirmadan ortiq videoroliklar ijtimoiy tarmoqdagi
"Ko'rgazmalar_tarqatma" telegram kanali tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rish so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi.
✅ O‘rganish davomida mazkur videoroliklardan kanal ma’muri tomonidan ruxsatisiz foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga MJtK 177¹-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram