avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
31.03.2026 10:55
#Mualliflik_huquqi

Sherali Jo'rayevning qo'shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan Sardor Mamadaliyev yana jarimaga tortildi.

G. Jo‘rayeva tomonidan marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevdan meros bo‘lib qolgan “Ko‘rmisham”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning uning ruxsatisiz Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish tegishli sudga yuborildi.

Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177¹-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravari miqdorida – 8.240.000 (sakkiz million ikki yuz qirq ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
👍 4
2
🔥 1
👏 1
28 3.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram