avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
27.03.2026 09:53
Kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilindi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Shu sababli, adliya organlari tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyat adliya hamda bojxona boshqarmalari hamkorligida sud qaroriga muvofiq umumiy qiymati qariyb 180 million so‘mlik 6000 quti “EsseChange” tamaki, 10 turdan ortiq dori vositalari hamda boshqa kontrafakt mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
2
39 4.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram