Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 82 mln so‘m jarimaga tortildi!
Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish
oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.
Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.
Xususan, Vazirlik tomonidan
Abbot Products Operations AG kompaniyasining
“IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari
“A.P.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
O'tkazilgan tekshiruv natijasida
“A.P.” MChJ tomonidan
“IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan
“IMUDON NEST” belgili
31 159 dona kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan
“A.P.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining
200 baravarida, ya’ni
82 mln so‘m jarima qo‘llanildi hamda
“IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga nisbatan
huquqlarni buzuvchi barcha harakatlar to‘xtatish majburiyati yuklandi.
Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram