avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
25.03.2026 10:38
🔎 “97-modda” seriali Telegramda ruxsatsiz tarqatildi — va bu jazosiz qolmadi.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa kino va seriallardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Shunday holatlardan biri — “97-modda” seriali bilan bog‘liq.

“Twenty one entertainment” MChJ (SalomTV)ga tegishli bo‘lgan “97-modda” seriali “Shunchaki kino” telegram kanali tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rish so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida mazkur audiovizual asardan kanal ma’muri Sh. Shukurov muallif ruxsatisiz foydalangani aniqlandi.

📝 Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi MJtK 177¹-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bote
4
🔥 3
👍 2
👏 2
45 3.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram