“R” yoki “®” belgilaridan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
❗O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, mahsulotda yoki uning qadoqlarida
“R” yoki aylana ichidagi “®” belgisi faqat
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tovar belgilariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Bu belgi iste’molchilarga mazkur tovar belgisi
huquqiy muhofaza ostida ekanini bildiradi.
⚠ Agar tovar belgisi
ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, unga nisbatan “R” yoki “®” belgisidan foydalanish
qonun buzilishi hisoblanadi.
💰 Bunday holatda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib,
BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima qo‘llanishi mumkin.
‼ Agar ushbu qoidabuzarlik ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa,
jarima, axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham qo‘llanishi mumkin.
🔎Shu sababli
tovar belgilaridan foydalanishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi lozim.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram