#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda S. Mamadaliyev tomonidan “Ko‘rmishim”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning ijro etilgani aks etgan videolar tarqaldi.
🔸Mazkur holat yuzasidan ma’lum qilamizki, ushbu asarlarning huquq egalarining roziligisiz ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasining
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid hisoblanadi.
🔹Xususan, Qonunning
19-moddasiga muvofiq muallif asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish, jumladan uni omma oldida ijro etish hamda jamoatchilik e’tiboriga yetkazish bo‘yicha mutlaq huquqlarga ega.
🔸Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar Qonunda nazarda tutilgan ayrim holatlardan tashqari, asarlardan
faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanishlari mumkin.
🔹Asardan
daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday
maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar, bu holat asardan foydalanish deb e’tirof etiladi.
🔸Eslatib o'tamiz, Qonunning
62-moddasiga ko‘ra, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlarni takrorlash, tarqatish yoki boshqa tarzda foydalanish mualliflik huquqlarining buzilishi hisoblanadi.
❗️Shuningdek, qonunchilikka muvofiq mualliflik huquqlarini buzish fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram