“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar
Xalqaro seminar-treninglar tashkil etildi
Adliya, soliq, bojxona hamda prokuratura organlari xodimlari uchun Xalqaro tovar belgilari uyushmasi (INTA) va “React” nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi. Unda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro tajriba hamda amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun intellektual mulk va brendlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida tadbirkorlarga o‘z brendlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, intellektual mulkni himoya qilishning ahamiyati hamda ushbu yo‘nalishda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Vakolatli organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazildi
Vazirlik hamda bojxona organlari mas’ul xodimlari ishtirokida TIF bojxona chegara postlarida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirildi. Tadbir davomida bojxona organlari xodimlariga kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram