"НО-ШПА" tovar belgisi huquqiy himoya qilindi.
Vazirlik tomonidan Vengriyaning
"Opella Healthcare Hungary Kft." kompaniyasiga tegishli
"НО-ШПА" tovar belgisini himoya qilish yuzasidan yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida "D.P." MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib,
"НO-ШПА" tovar belgisiga
adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan
"ДРО-ШПА" belgili
va
grafik elementli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan
huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining
200 baravari, ya'ni
82,4 mln so‘m jarima qo‘llanildi.
Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram