“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar
O‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Toshkent shahrida joylashgan umum ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida yoshlar asl va kontrafakt mahsulotlarni farqlash yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Mas’ul tashkilotlar xodimlari uchun davra suhbati o'tkazildi
Vazirlik xodimlari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida biologik faol qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida intellektual mulk huquqlariga rioya etilishi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Toshkent shahrida targ‘ibot va amaliy ishlar olib borildi
Toshkent shahrida vazirlik mas’ullari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga joyiga chiqqan holda o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari hamda mazkur sohada belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Oliy ta’lim muassasalarida seminar-treninglar tashkil etildi
Vazirlik xodimlari tomonidan Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash hamda mazkur obyektlardan foydalanishda shartnomaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan seminar-treninglar tashkil etildi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram