avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
20.02.2026 17:43
"Туда-СюдаUZ/Места и события" telegram kanali jarimaga tortildi

Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan ijtimoiy tarmoqlarda muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.

Muallif E. Omelchukga tegishli bo‘lgan “Топ-3 новогодних ресторана Ташкента” hamda “На этом секретном базаре” sarlavhali videoroliklar (audiovizual asarlar) "Туда-СюдаUZ/Места и события" telegram kanali tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rish so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi.

✅ O‘rganish davomida mazkur videoroliklardan kanal ma’muri
S. Nazarov muallif ruxsatisiz foydalangani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 177¹-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
👏 3
👍 2
🔥 2
1
1 23 5K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram