📌 Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining qo‘shma qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan intellektual mulkdan qonunga xilof ravishda foydalanganligi sababli faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
“WIPO Alert” platformasiga kiritish tartibi tasdiqlandi.
🌐 “WIPO Alert” —
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti platformasi bo‘lib, unga a’zo davlatlar mualliflik huquqi buzilganligi aniqlangan veb-sayt va ilovalar haqidagi ma’lumotlarni yuklaydi.
📊 Ma’lumot uchun:
2024–2025-yillarda 128 ta veb-sayt mualliflik va turdosh huquqlar buzilgani sababli vakolatli organ tomonidan cheklangan.
🎯 Platformaning asosiy vazifasi:
— mualliflik huquqini buzgan saytlar haqida ma’lumotlarni tadbirkorlar va reklama agentliklariga yetkazish;
— “qaroqchi” saytlar orqali reklama joylashtirishning oldini olish;
— tadbirkorlik subyektlari brendi va obro‘sini himoya qilish.
✅ Ushbu tartib intellektual mulk himoyasini kuchaytirish hamda halol raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram