avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
12.02.2026 18:27
BYD kompaniyasining navbatdagi tovar belgisi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan BYD kompaniyasiga tegishli navbatdagi avtomobil brendi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda tegishli guvohnoma berildi.

BYD dunyodagi eng yirik elektromobil va akkumulyator ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Kompaniya 1995-yilda Xitoyda dastlab mobil telefonlar uchun batareyalar ishlab chiqaruvchi korxona sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik u avtomobil sanoatiga kirib kelib, bugungi kunda elektromobillar, yuk transporti hamda energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarmoqda. BYD mahsulotlari hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilinadi.

Brendni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish kompaniya mahsulotlari va xizmatlarining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, bozordagi nufuzini yanada mustahkamlaydi hamda iste’molchilar ishonchini oshiradi.

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish — har bir zamonaviy kompaniya uchun muhim qadamdir.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Unutmang, tovar belgisi birinchi bo’lib hujjat topshirgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali ariza topshirish mumkin.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
3
👍 1
17 4.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram