TDYU mualliflik huquqlariga rioya qilish bo‘yicha namunaga aylantirilmoqda.
Toshkent davlat yuridik universitetida mualliflik huquqlariga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Adliya vazirligi vakillari, axborot-kutubxona mas’ul xodimlari hamda Intellektual mulk huquq egalari jamoat birlashmasi a’zolari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida nashriyotlar tomonidan chop etilayotgan kitoblarda muallif nomining to‘liq ko‘rsatilishi, axborot-kutubxonalarda asarlarning elektron nusxalarini ko‘chirib olishni cheklash, mualliflar asarlaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida axborot-kutubxona saytida asarlardan foydalanganlik uchun mualliflik haqini to‘lash bo‘yicha
yangi bo‘lim ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram