🚫
TOYOTA tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish bartaraf etildi
📩 Vazirlikka "
Toyota Jidosha Kabushiki Kaisha" kompaniyasiga tegishli
“TOYOTA” hamda boshqa tovar belgilariga o‘xshash belgilardan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🔍 O‘tkazilgan tekshiruv natijasida tadbirkorlik subyekti tomonidan
“TOYOTA” tovar belgisi va uning tasviriy ko‘rinishdagi logotipidan reklama maqsadida huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi aniqlandi.
⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning
177-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.
⚠️
Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram