avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
29.01.2026 14:36
#Adliya_xabari

9 nafar talabgor tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirildi

Joriy yilning yanvar oyida patent vakillariga davlat tashkilotlari oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqini berish bo‘yicha ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan malaka imtihoni o‘tkazildi.

Malaka imtihoni talabgorlarning patent vakiliga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Malaka imtihoni suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Patent vakilligiga nomzodlarni va patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 13 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 9 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi.

Malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy YouTube sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
5
👍 3
👏 3
1 14 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram