avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
21.01.2026 14:59
"Texnopark" MCHJning firma nomiga bo‘lgan huquqlari himoya qilindi.

"Texnopark" MChJ tomonidan litsenziya shartnomasiga asosan "AKFA BUILD" tovar belgisi ostida lift mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Biroq, jamiyatga o‘ziga tegishli firma nomi va "AKFA BUILD" tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt lift mahsulotlari ayrim tadbirkorlar tomonidan sotilayotgani ma'lum bo‘lgan.

Jamiyatning mazkur holat bo‘yicha yo‘llagan murojaati adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, 2026-yilning 12-yanvar kuni Andijon shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor faoliyatida tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida "Texnopark" MChJ firma nomi va "AKFA BUILD" tovar belgisidan foydalanilgan kontrafakt lift mahsulotlari sotilib, huquqbuzarlik sodir etilgani aniqlandi.

Huquqbuzar "S.M." ga nisbatan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomaga asosan sudning 2026-yil 15-yanvardagi qarori qabul qilinib, BHMning 15 baravari (6,1 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
👏 2
1
39 5.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram