avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
08.01.2026 18:28
Soxta “HOFMANN”dan ehtiyot bo‘ling!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, adliya organlari tomonidan “HOFMANN” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar “M.T.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.


O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “HOFMANN” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “HOFFMANS” belgili kontrafakt mahsulotlar “M.T.” MChJ tomonidan sotuvga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organi tomonidan “M.T.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarida, ya’ni 41 mln 200 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
2
👍 2
1 31 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram