“Silk” brendidan ruxsatsiz foydalanish 135 mln. so‘mga tushdi!
Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim
“uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.
Xususan, adliya organlari tomonidan
“ROSE DIAMOND” XKga tegishli bo‘lgan
“Silk” tovar belgisiga nisbatan intellektual mulk huquqlari
“S.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.B.” MChJ tomonidan “Silk” tovar belgisidan ruxsatsiz foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar
ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan
“S.B.” MChJga nisbatan tegishli
ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, holat yuzasidan “ROSE DIAMOND” XK sudga murojaat qildi va sudning 4.12.2025-yildagi qarori bilan “S.B.” MChJdan
123 mln. so‘m miqdorida tovon puli va
12 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.
⚠️
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram