avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
31.12.2025 23:59
🎉 YANGI YIL MUBORAK! 🎉

Hurmatli yurtdoshlar!

O‘tayotgan yil davomida Adliya vazirligi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholiga qulay va ochiq huquqiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lida qator muhim islohotlar amalga oshirildi.

Yangi — 2026-yil barchamiz uchun tinchlik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va yangi imkoniyatlar yili bo‘lishini tilaymiz. Har bir xonadonga fayz-baraka, sog‘lik-salomatlik, totuvlik va ezgu niyatlar hamroh bo‘lsin.

Adliya vazirligi jamoasi bundan buyon ham jamiyat va davlat rivoji yo‘lida sidqidildan xizmat qilishda davom etadi.

Yangi yil muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamoasi

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
2
1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram