avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
23.12.2025 16:34
#intellektual_mulk

O‘zbekistonda Intellektual mulk sohasida malakali kadrlar soni oshadi

🔸O‘zbekistonda ta’lim va kadrlar tayyorlash yo‘nalishida intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ–358-son qaroriga muvofiq, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida, shuningdek 2029/2030 o‘quv yiliga qadar intellektual mulk sohasi bo‘yicha kamida to‘rtta oliy ta’lim muassasasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

🔸Bundan tashqari, Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha zamonaviy ta’lim dasturlari joriy etiladi. O‘quv jarayoniga Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur va Xitoy davlatlarining intellektual mulkni boshqarish sohasidagi yetakchi ekspertlari, shuningdek xorijiy va mahalliy patent vakillari keng jalb etiladi.

🔹Shu bilan birga, istiqbolli kadrlarni tayyorlash maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi Adliya vazirligining takliflariga muvofiq, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida intellektual mulk obyektlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun har yili alohida kvotalar ajratib boradi.

Mazkur tashabbuslar natijasida 2027-yilgacha intellektual mulk obyektlarini samarali boshqarish, ularni tijoratlashtirish hamda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladigan 200 nafar yuqori malakali mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
22 4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram