Mualliflik va turdosh huquqlar — doimiy e’tiborda!
✅Bugun, Adliya vazirligi tomonidan Turkiston san’at saroyida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbirda san’at va ijod sohasida faoliyat yuritayotgan san’atkorlar, bastakorlar, yozuvchilar va shoirlar, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdi.
💬 Davra suhbatida:
— ijodkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash,
— shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish,
— mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilishning amaldagi mexanizmlari muhokama qilindi.
🔺 Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda asarlardan ruxsatsiz foydalanish, mualliflik huquqlarining buzilishi kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Bildirilgan fikr va takliflar asosida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi.
📌 Mazkur davra suhbati ijodkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularning mehnatiga munosib baho berishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram