avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
17.12.2025 10:18
Endilikda patent vakillari sudlarda ishtirok eta oladi

✅Intellektual mulk sohasida huquqiy himoyani kuchaytirish hamda patent vakillari institutini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator muhim yo‘nalishlar belgilandi.

❗️Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi 358-son qaroriga muvofiq, patent vakillariga intellektual mulk bilan bogʻliq nizolar (masalalar) boʻyicha fuqarolik ishlari, iqtisodiy hamda maʼmuriy sudlarda shartnoma asosida, yaʼni ixtiyoriy vakil sifatida ishtirok etish huquqi berildi. Bu esa huquq egalari manfaatlarini sud jarayonlarida yanada samarali himoya qilish imkonini yaratdi.

🔸Shuningdek, patent vakillarining kasbiy salohiyatini doimiy ravishda oshirishga qaratilgan qulaylik joriy etilib ularning har uch yilda malakasini oshirish tartibi joriy etildi. Bu orqali, patent vakillarning har besh yilda attestatsiyadan oʻtish talabi bekor qilindi.

🔹Bundan tashqari, patent vakillari nomzodlarini imtihondan va ro‘yxatdan o‘tkazish vakolati hududiy adliya organlariga berildi. Bu esa hududlarda patent vakillari institutini yanada kengaytirish, shuningdek, nomzodlar uchun kasbga ega bo‘lish jarayonini tezkor va qulay tashkil etishga xizmat qiladi.

❗️Mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishi patent vakillari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ularning professional imkoniyatlarini kengaytirish hamda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
4
20 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram