"CHERY AUTOMOBILE CO., LTD." kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zining 14 turdagi avtomobil modellarining tashqi ko‘rinishini (dizayni) sanoat namunasi sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Bu qadam kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga nisbatan uzoq muddatli va strategik rejalarining tasdig‘i hamda intellektual mulk huquqlariga jiddiy yondashayotganini anglatadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan dizaynlar kompaniyaning yangi avlod avtomobillariga tegishli bo‘lib, bu ularning global trendlarga mos keladigan zamonaviy va innovatsion ko‘rinishga egaligini ta’kidlaydi.
Sanoat namunasi bu: buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu mahsulotning texnik funksiyasini emas, balki uning noyob estetik ko‘rinishini himoya qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektidir.
Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining
im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram