🏆 Adliya vazirligi — “Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi g‘olibi!
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan
“Eng namunali vazirlik va idora” hamda
“Eng namunali tuman va shahar” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga muvofiq har yili o'tkazib kelinayotgan mazkur tanlovdan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ilg‘or amaliyotlarni ommalashtirish, hudud va vazirliklar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsad qilingan
🔹 Ushbu natija davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, hujjatlarni davlat tilida to‘g‘ri, sifatli va professional yuritish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.
✨ Adliya vazirligi jamoasini ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram