avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
05.12.2025 17:00
“BOSS” tovar belgisi foydasiga 20 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi!

Qonunchilikka muvofiq tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga koʻra yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplashi shart.

Tovar belgisining egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to'lashini talab qilishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, “Hugo Boss AG”(Germaniya) kompaniyasi unga tegishli bo‘lgan “Boss” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan kontrafakt kiyim-kechak mahsulotlari “D.W.” MChJ tomonidan sotuvga taklif etilganligidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilgan.

Ma’lumot uchun: mazkur holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan muqaddam “D.W.” MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilgan hamda huquqbuzarlik holati bo‘yicha tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.


Sudning 2025-yil 28-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Hugo Boss AG” (Germaniya) kompaniyasi foydasiga “D.W.” MChJdan 20 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
👍 3
1 12 3.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram