avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
04.12.2025 18:08
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxsga 82 mln. so‘m jarima qo‘llanildi!


Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan “Novabaev Brands” MChJ (Rossiya Federatsiyasi)kompaniyasining “PARKA/ПАРКА” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “A.C.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq 2025-yil10-noyabrdan boshlab o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.


O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “PARKA/ПАРКА” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan “PARKA AFSAR”so‘zidan foydalangan holda “A.C.” MChJ tomonidan 88 ming 248 dona kontrafakt alkogol mahsulotlar ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “A.C.”MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida, ya’ni 82 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “PARKA/ПАРКА” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
👍 2
1
🔥 1
30 4.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram