#Muhim
📣
DIQQAT E’LON!
🔹Joriy yilning
3-dekabr kuni soat 11:30 da Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi) muhofaza hujjatiga (guvohnoma va patent) talabnoma topshirmoqchi bo‘lgan, ushbu obyektlarga patent olishda qiynalayotgan hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilmoqchi bo'lgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun Adliya vazirligi tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida brend nomi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalida mavjud yoki mavjud emasligi tekshirib beriladi.
Hurmatli yurtdoshlar, sayyor qabulda faol ishtirok eting va brendingiz nomini himoya qiling!
🔹
Ro‘yxatdan o'tish uchun: S.Amirqulov +998 77 793-33-63
🔹Manzil:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 14-uy.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram