avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
25.11.2025 11:34
Startapingizni g‘oyadan biznesgacha olib chiqadigan bepul qo‘llanma!

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) va Adliya vazirligi hamkorligida o‘zbek tiliga moslashtirilgan “G‘oyalarni tijoratlashtirish: startaplar uchun intellektual mulk bo‘yicha qo‘llanma” endi bepul yuklab olish uchun ochiq.

Ushbu qo‘llanma:
startaplar va tadbirkorlarga patentlar, tijorat siri, mualliflik huquqi, tovar belgilari, sanoat namunalari kabi vositalarni sodda tilda tushuntiradi;
intellektual mulkni biznes modeliga qanday integratsiya qilish va undan raqobat ustunligi yaratish yo‘llarini ko‘rsatadi;
bozorda raqobatchilarni oldinga o‘tkazib yubormaslik, xavflarni boshqarish va nizolardan qochish bo‘yicha aniq metodik tavsiyalar va misollar beradi;
texnologiyani g‘oyadan tayyor mahsulotgacha olib kelish bosqichlarini (TTD) tushuntiradi va investorlar ko‘zi bilan qarashni o‘rgatadi.

Qo‘llanma kimlar uchun?
• o‘z innovatsion texnologiyasini bozorga chiqarishni rejalashtirayotgan startaplar uchun;
brend, dastur, servis yoki yangi biznes g‘oyasini himoya qilishni xohlayotgan tadbirkorlar uchun;
intellektual mulk tizimi tamoyillarini amaliy misollar orqali o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar va startap ekotizimi ishtirokchilari uchun.

Qo‘llanmani yuklab oling, g‘oyalaringizni himoya qiling va ularni barqaror biznesga aylantiring.

https://www.wipo.int/export/sites/www/sme/en/documents/guides/customization/enterprising-ideas-uz-uzb.pdf

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
1
👍 1
19 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram