Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln so‘m jarimaga tortildi!
Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi.Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish
oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.
Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.
Xususan, Vazirlik tomonidan
“Mayoly Pharma France” (Fransiya) kompaniyasining
“SMECTA/СМЕКТА” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari
“A.O.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida
“A.O.” MChJ tomonidan
“SMECTA/СМЕКТА” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan
“АКТИВ СМЕКТА” belgili
1000 dona kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “A.O.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining
100 baravarida, ya’ni
41 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “SMECTA/СМЕКТА” tovar belgisiga nisbatan
huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.
⚠️
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram