avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
21.11.2025 19:23
“HYUNDAI” tovar belgisining huquqlari himoya qilindi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “GSTOIL” MChJ XKga foydalanish huquqi tegishli bo‘lgan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisiga nisbatan intellektual mulk huquqlari “E.S.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “E.S.” MChJ tomonidan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “E.S.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt mahsulotlar sotuvdan olib tashlanishi belgilandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “GST OIL” MChJ XK sudga murojaat qildi va sudning14.11.2025-yildagi qarori bilan “E.S.” MChJga “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan foydalanmaslik majburiyati yuklandi hamda huquqbuzardan 10 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 12 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
9 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram