avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
19.11.2025 12:35
“НО-ШПА” tovar belgisi foydasiga 82 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi!

Qonunchilikka muvofiq tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga koʻra yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi shart.

Tovar belgisining egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, “Opella Healthcare Hungary Kft” (Vengriya) kompaniyasi unga tegishli bo‘lgan “НО-ШПА” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan “MER NOSHPEN” dori vositasi “M.F.” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotganligidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilgan.

Namangan viloyat iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudining 2025-yil 14-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Opella Healthcare Hungary Kft” (Vengriya) kompaniyasi foydasiga “M.F.” MChJdan 82 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
1
46 4.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram