avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
14.11.2025 14:57
“BOSS” soxta ekan!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan “Hugo Boss AG” (Germaniya) kompaniyasining “Boss” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “O.A.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq 2025-yil 10-noyabrdan boshlab o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.


O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Boss” tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar “O.A.” YTT tomonidan sotuvga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “O.A.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda sotuv uchun saqlab kelinayotgan 57 dona kontrafakt mahsulotni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
3
👍 1
2 16 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram