Brend soxta bo‘lsa, muammo haqiqiy bo‘ladi!
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z brendini targ‘ib qilish yoki mahsulotlarini savdoga taklif etish kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Biroq, qaysidir brendning iste’molchilar orasida ommalashib borayotganidan foydalanib, tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham ko‘plab uchramoqda.
Xususan, vazirlik tomonidan fuqaro D. Xolmatovaning
“VitaZone” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “G‘.B.”, “X.F.” hamda “Z.Sh.” YTTlar tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “G‘.B.”, “X.F.” va “Z.Sh.” YTTlar tomonidan “VitaZone” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan
“Vitazone”, “vitazone_uz”, “vitazoneuz” va
“vitazone_bot” belgilaridan do‘kon peshlavhasida hamda ijtimoiy tarmoqlarda huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “G‘.B.”, “X.F.” hamda “Z.Sh.” YTTlarga nisbatan “VitaZone” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilarni
do‘kon peshlavhasidan va
ijtimoiy tarmoqlardan
olib tashlashni nazarda tutuvchi
ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram