Internetda ham halollik muhim!
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning bir qismiga aylanib bormoqda. Shu sababli, tadbirkorlar uchun o‘z mahsulotlarini reklama qilgan holda mijozlarni jalb qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochish ayni muddao.
Biroq, oramizda iste’molchilarni chalg‘itish maqsadida o‘zgalarga tegishli brend nomlaridan foydalanib ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritayotgan ayrim shaxslar ham yo‘q emas.
Xususan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro Z. Zuparxodjayevning “LA KANDIL” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “N.K.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “N.K.” MChJ “LA KANDIL” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “neo.kandil” so‘zidan foydalangan holda o‘zining instagram* ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “N.K.” MChJga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish kiritildi hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifa nomi o‘zgartirilishi ta’minlandi.
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram