avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
31.10.2025 16:58
Safar nufuzi faqat manzilda emas — nomda ham. Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan turizm brendlari bilan tanishing!

Brend — kompaniya nufuzi va ishonchi. U xizmat sifati haqida gapirib, mijoz e’tiborini tortadi. Ayniqsa nom jarangdor bo‘lsa, sizning xizmatlaringiz bozorda boshqalardan ajralib turadi.

Yuqoridagi rasmda “Central Tur”, “Asialuxe Travel”, “Prestige Travel” kabi brendlarni ko‘rishingiz mumkin.

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish sayohat brendingizni himoya qiladi va biznesni kengaytirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratadi.

Unutmang: tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
4
🔥 4
👍 2
2 9 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram