avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
31.10.2025 15:58
“BLANC BLEU” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi!

So‘ngi yillarda “Ocard” MChJga tegishli bo‘lgan “BLANC BLEU” brendi barchamizga tanish tovar belgisiga aylanib ulgurdi. Mazkur brend kundan-kunga milliy hamda xalqaro doirada mijozlari sonini orttirib bormoqda. Albatta, buning barchasi brend egalarining tinimsiz harakatlari natijasi hisoblanib, ushbu jarayonlar ko‘plab moddiy va boshqa resurslar sarfini talab qiladi.

Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Ocard” MChJning barchamizga tanish bo‘lgan “BLANC BLEU” tovar belgisi hamda sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlari “Sh.N.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Qonunchilikka muvofiq buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunasi hisoblanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning tashqi ko‘rinishini sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishlari va belgilangan tartibda himoya qilishlari mumkin. “Ocard” MChJ ham o‘zi ishlab chiqaradigan ichimlik suvlari qadoqlanadigan idishlarning tashqi dizaynini intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.


O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Sh.N.” YTT tomonidan murojaatchiga tegishli bo‘lgan “BLANC BLEU” tovar belgisi hamda sanoat namunasidan foydalanib ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “Sh.N.” YTTga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish kiritildi.

Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
1
🔥 1
1 19 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram