📢
E’LON!
Adliya vazirligi va Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) hamkorligida
joriy yilning 5–6 noyabr kunlari Toshkent shahrida
“
Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” loyihasining yakuniy hisobot tadbiri bo‘lib o‘tadi.
🎯 Tadbirning maqsadi —
tadbirkor ayollar o‘rtasida
intellektual mulkni muhofaza qilish, undan
samarali foydalanish va
shaxsiy brendni rivojlantirish madaniyatini keng targ‘ib etishdir.
📚
Tadbir davomida:
✨
Tadbirkor ayollar uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi tajribalari tahlil qilinadi;
🤝
Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari o‘z natijalarini taqdim etadi;
🛍 Tadbirkor ayollarning
brend mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
🚀 Intellektual mulkni tadbirkorlikni rivojlantirishda qo‘llash bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi.
💬 Ushbu tadbir
tadbirkor ayollar uchun o‘z
brendini yaratish,
himoya qilish va
xalqaro maydonga olib chiqish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
#Ayol #Tadbirkor #Brend #AdliyaVazirligi #BIMT #IntellektualMulk #IPClinics #Toshkent #EmpowerWomen #Innovation #WomenInBusiness
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram