Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi!
Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.
Xususan, adliya organlari tomonidan “Techno profil” MChJning “Benim Oilam” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “B.A.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “B.A.” MChJ tomonidan “Benim Oilam” tovar belgisidan restoran xizmatlarida hamda ijtimoiy tarmoq va reklamalarda huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “B.A.” MChJ rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.
⚠️
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram