avatar
Intellektual mulk yangiliklari
@adliyaimd
23.10.2025 15:12
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan 370 mln. so‘mlik jarimalar qo‘llanildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli foyda ko‘rish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Intercontinental Great Brands LLC” (AQSh), “Hugo Boss AG” (Germaniya), “Tommy Hilfiger Licensing B.V.” (Niderlandiya), “Euro Lifecare” hamda “SVH Glavniy” MChJlar va Necmettin Bakirlarning intellektual mulk huquqlari buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “I.G.”, “K.S.”, “N.L.”, “N.S” va “K.B.” MChJlar tomonidan murojaatchilarga tegishli bo‘lgan “Oreo”, “Boss”, “Tommy Hilfiger”, “Polifer”, “Unex” hamda “itimat” tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “I.G.”, “K.S.”, “N.L.”, “N.S” va “K.B.” MChJlarga nisbatan umumiy hisobda 370 mln. so‘mlik jarimalar qo‘llanildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
21 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Intellektual mulk yangiliklari

3.3K
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Открыть в Telegram